43 episodes

Botir Kobilov va Behzod Hoshimov iqtisod, jamiyat va ular atrofidagi boshqa mavzularda ushbu podkast doirasida suhbat olib boradilar.

Uzbekonomics Botir Kobilov

    • Education
    • 5.0 • 21 Ratings

Botir Kobilov va Behzod Hoshimov iqtisod, jamiyat va ular atrofidagi boshqa mavzularda ushbu podkast doirasida suhbat olib boradilar.

    43 - Sanoat siyosatining qaytishi

    43 - Sanoat siyosatining qaytishi

    Oxirgi yillarda sanoat siyosatini davlat tomonidan boshqarilishi bir xil payt esa davlat tomonidan sanoat siyosati ishlab chiqilishi yana modaga qaytdi. Bu moda nafaqat rivojlanayotgan va davlat oʻrni katta boʻlgan mamlakatlarda, balki rivojlangan va bozor iqtisodiyotiga oʻtgan mamlakatlarda ham kuzatilmoqda. Oxirgi bir yilda, AQSh administratsiyasi bir nechta ustuvor yoʻnalishlarda aktiv sanoat siyosatiga qoʻl urushni boshladi, boshqa gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida ham siyosatchilar shunday gʻoyalar haqida gapirishmoqda. Bu epizodda biz sanoat siyosatini davlat tomonidan yuritilishini afzallik va kamchiliklari, tarixi, siyosati va hozirgi kundagi qoʻllanilishi haqida gaplashdik. Podkastning ushbu epizodi rasmiy hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/ https://zoomrad.uz/mobile-app.Podkast yozilgan sana: 28 - May 2024.

    • 1 hr 26 min
    42 - Tadbirkorlik: afsona va haqiqatlar

    42 - Tadbirkorlik: afsona va haqiqatlar

    Bu epizodda biz tadbirkorlik haqida har tomonlama suhbatlashdik. Avvalambor tadbirkorlik faoliyati nima, qanday insonlar tadbirkor bo’lishadi, tadbirkorlarning rag'batlari, tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy o'sishga ta'siri va davlatlar tadbirkorlik faoliyatini rag'batlantirish uchun qilishi kerak bo'lgan va bo'lmagan harakatlar haqida fikr yuritdik. Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyatida uchraydigan muammolar, shu jumladan moliyaviy resurslarga bo'lgan imkoniyat va ularning bozor va davlat tomonidan taqsimoti haqida gaplashdik. Ushbu suhbatda tadbirkorlikning nazariyasi, ba'zi empirik xulosalar, keyslar va tadqiqodlar topilmalari bilan bo'lishdik. Podkastning ushbu epizodi rasmiy hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/
    https://zoomrad.uz/mobile-appPodkast yozilgan sana: 21 - Aprel 2024.

    • 1 hr 35 min
    41 - Aholining o'sishi va iqtisodiy farovonlik.

    41 - Aholining o'sishi va iqtisodiy farovonlik.

    Odamlar bu boylik. Podkastimizning ushbu epizodida aholi o'sishi, fertillik darajasi va iqtisodiy farovonlik haqida suhbatlashdik va aholi va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi dinamikalarni tushunishga harakat qildik. Biz turli iqtisodiy nazariyalarni va O'zbekiston hamda boshqa mamlakatlardagi kuzatishlarni tahlil qilib, qanday qilib aholi sonining ko'payishi yoki kamayishi bir mamlakatning iqtisodiy farovonligiga ta'sir etishi mumkinligini muhokama qildik. Shu bilan birga, rivojlangan mamlakatlarda fertillik darajasining nima uchun pasayib borayotganini va buning sabablari haqida taxminlar yuritdik va ularning ortida yotgan iqtisodiy, va ijtimoiy omillarni ko'rib chiqdik.Podkastning ushbu epizodi rasmiy hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/https://zoomrad.uz/mobile-appPodkast yozilgan sana: 28 - Mart 2024.
     

    • 1 hr 40 min
    40 - Shahar ichidagi universitetlar, xususiy universitetlar nazorati va amaliyotchilar maoshi

    40 - Shahar ichidagi universitetlar, xususiy universitetlar nazorati va amaliyotchilar maoshi

    Ushbu epizodda uchta, lekin o'zaro bog'liq bo'lgan mavzular haqida suhbatlashdik va munozara qildik: 1) Nima uchun universitetlar shaharlar ichida bo'lishi kerak? 2) Xususiy universitetlar ko'payishi nima uchun yaxshi jarayon va ularning sifatiga kim yaxshiroq baho bera oladi? 3) Mehnat bozorida amaliyot o'tayotgan stajyorlar uchun ish beruvchilar maosh to'lashlari kerakmi yoki bepulga ishlashlari to'g'rimi? Ish beruvchi davlat bo'lsa yoki xususiy biznes bo'lsachi? Tinglang, tomosha qiling va albatta ulashing! Podkast yozilgan sana: 22 - Fevral 2024.
    Podkastning ushbu epizodi rasmiy hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank".
    http://www.aloqabank.uz/ https://zoomrad.uz/mobile-app
     

    • 1 hr 41 min
    39 - Proteksionizm (yana), o'zbekistonlik ishchilarga viza masalasi va ekologiya (yana) haqida

    39 - Proteksionizm (yana), o'zbekistonlik ishchilarga viza masalasi va ekologiya (yana) haqida

    Ushbu epizodda uchta dolzarb mavzu haqida suhbatlashdik. Proteksionizm haqida yana bir bor munozara qilishga majbur bo'ldik. Ushbu mavju g'arbda ham, O'zbekistonda ham kun tartibida turibdi. Bundan tashqari, oxirgi haftalarda o'zbekistonlik ishchilarga oid ijobiy yangiliklarga to'la bo'ldi - bir qancha mamlakatlarda o'zbekistonlik ishchilarga talab va kvotalar oshayotgani haqida, va umuman o'zbekistonlik fuqarolarga xorij mamlakatlari viza masalasi haqida ham suhbatlashdik. Epizod so'nggi qismida, yana bir og'riqli mavzu - yomonlashib borayotgan ekologiya, suv, havo sifati haqida aynan iqtisodiy nuqtai nazardan suhbatlashdik. Podkast yozilgan sana: 5 - Fevral 2024. Podkastning ushbu epizodi rasmiy hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/https://zoomrad.uz/mobile-app
     

    • 1 hr 21 min
    38 - Yoʻllardagi oʻlimlar: Oʻzbekistonda avtohalokatlar kamayishi uchun jarimalar oshishi kerak.

    38 - Yoʻllardagi oʻlimlar: Oʻzbekistonda avtohalokatlar kamayishi uchun jarimalar oshishi kerak.

    Bu safardagi podkastimizda, afsuski doim dolzarb boʻlib turadigan mavzu — avtohalokatlar haqida gaplashdik. Asosiy mulohaza yoʻl qoidalariga rioya qilmaydigan insonlarni ragʻbatlari haqida edi. Yaʼni, qanday qilib yoʻllarda avtohalokatlar va haydovchilarni ragʻbatlari bogʻliqligi haqida. Aksar haydovchilar, yoʻl qoidalarini yaxshi bilishadi, lekin shunga qaramay sistematik ravishda buzib kelishadi. Demak muammo haydovchilar haydash guvohnomasini haydashni bilmasdan olishlarida emas, aksincha, bilib turib qoida buzishlarida. Muammo axborot yoʻqligida emas, amal yoʻqligida. Oddiy misol: qizil chiroqda yurmaslik, piyodalarni oʻtkazib yuborish, yoki 120 km/soat tezlikda shahar ichida yurmaslik kerakligini bilmaydigan haydovchi yoʻq. Lekin nima uchun, shunday qoidabuzarliklar juda koʻp va ularni natijasida minglab vatandoshlarimiz halok boʻlishmoqda. Bu fojialarni qanday kamaytirish mumkin? Shu haqida bu podkastda fikr almashdik. Tinglang, fikr bering va bu muhim mavzuga befarq boʻlmang. Chunki yoʻllardagi oʻlimlar, haqiqatdan fojiaviy darajada.Podkast yozilgan sana: 23 - Noyabr 2023

    • 1 hr 19 min

Customer Reviews

5.0 out of 5
21 Ratings

21 Ratings

Top Podcasts In Education

6 Minute English
BBC Radio
Thinking in English
Thomas Wilkinson
Learning English Conversations
BBC Radio
IELTS Energy English 7+
Lindsay McMahon, Jessica Beck, Aubrey Carter
Learning Easy English
BBC
TED Talks Daily
TED

You Might Also Like